InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimiga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi. Qisqacha mazmun:Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi. Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan. Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni […]

1
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimiga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e'lon qilindi.

Qisqacha mazmun:
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.
Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.
Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.

Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.

Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur:

  • 1-qadam: Parol kiritiladi va akkauntni o‘chirish tugmasi bosiladi.
  • 2-qadam: Telefon raqamiga kelgan SMS kod kiritilib, tasdiqlanadi.

Ushbu qadamlar bajarilgandan so‘ng akkaunt to‘liq o‘chirib yuborilgan hisoblanadi.

Akkaunt o‘chirilganda:

  • Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari tizimdan o‘chiriladi;
  • Abituriyent 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida qatnashish huquqini yo‘qotadi.

Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlar imtiyozlarini xato kiritgan taqdirda imtiyozlar bo‘limiga kirib, o‘z imtiyozlarini o‘chirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.

Davlat test markazi matbuot xizmati



Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar