Abituriyent ruxsatnomasi nima va u nima uchun kerak?
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun har bir abituriyentda Abituriyent ruxsatnomasi bo‘lishi shart. Ushbu hujjatda quyidagi muhim ma'lumotlar aks etadi:
- Test topshirish hududi va aniq vaqti;
- Test o‘tkaziladigan bino manzili;
- Test topshirish smenasi va guruh raqami;
- Abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari.
Ruxsatnomalar qachon va qayerdan olinadi?
Ruxsatnomalarni shakllantirish uchun avvalo test sinovlarini o‘tkazish muddatlari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Muddatlar e’lon qilingach, abituriyentlar abitur.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali o‘z ruxsatnomalarini yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar
Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun quyidagi resurslarimiz juda foydali bo‘lishi mumkin:
- Kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib, o‘zingizga mos oliygohni tanlang.
- DTM standartidagi test tizimi orqali bilimingizni sinab ko‘ring va imtihonga tayyorgarlik darajangizni oshiring.
Eslatma: Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha rasmiy yangiliklar Davlat test markazining rasmiy kanallari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Barcha ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslangan.
















