2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda. Ko‘plab abituriyentlarni qiziqtirayotgan asosiy savollardan biri — mandat qachon e'lon qilinadi?
Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy tanlov natijalari (mandat) abituriyentlar OTM, ta'lim yo‘nalishi, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlash jarayoni yakunlanganidan so‘ng e'lon qilinadi.
2026-yil qabul jarayonining taxminiy taqvimi
Reklama
2026-yilgi qabul jarayoni quyidagi muddatlarda davom etishi kutilmoqda:
| Bosqich | Taxminiy muddat |
|---|---|
| Test sinovlari | 14–23-iyul |
| OTM va yo‘nalish tanlash | 25-iyul – 8-avgust |
| Mandatni shakllantirish | 8–17-avgust |
| Mandat e'lon qilinishi | 17-avgust |
| Texnikumlarni tanlash | 18–27-avgust |
Eslatma: Ushbu sanalar taxminiy bo‘lib, qabul jarayoniga qarab o‘zgarishi mumkin.
Mandat bundan oldinroq ham chiqishi mumkinmi?
Ha. O‘tgan yili yakuniy natijalar qonunchilikda belgilangan maksimal muddat tugashini kutmasdan e'lon qilingan edi.
InfoEdu.uz o‘rganishicha, 2025-yilda mandat 13-avgust kuni e'lon qilingan. Bu esa qonunchilikda nazarda tutilgan muddat tugashidan taxminan 5 kun oldin bo‘lgan.
Joriy yilda test sinovlarida ishtirok etayotgan abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamroq ekani hisobga olinsa, yakuniy natijalar belgilangan muddatdan oldin e'lon qilinishi ehtimoli mavjud. Biroq hozircha bu borada rasmiy sana tasdiqlanmagan.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.