2025-yil Milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi: Tekshirish

2025-yil yanvar oyida o’tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo’yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari chiqdi. Natijalarni qanday bilish va imtiyozlarni ko’ring.

21
2025-yil Milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi: Tekshirish

2025-yilgi milliy sertifikat imtihoni natijalari chiqdi

25-26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Imtihonda ishtirok etgan talabgorlar my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari va sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

Siz abituriyentlar uchun foydali bo'lgan so'nggi yangiliklarni kuzatib borishingiz va kelgusi milliy sertifikat sanalarini oldindan rejalashtirishingiz tavsiya etiladi.

Baholash mezonlari

Test natijalari xalqaro Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, to‘plangan ballar quyidagicha baholanadi:

  • 70+ ball – A+ daraja
  • 65 – 69,9 ball – A daraja
  • 60 – 64,9 ball – B+ daraja
  • 55 – 59,9 ball – B daraja
  • 50 – 54,9 ball – C+ daraja
  • 46 – 49,9 ball – C daraja

Sertifikat imtiyozlari

Sertifikat egalari OTM bakalavriatiga kirish test sinovlarida tegishli fandan quyidagi imtiyozlarni qo‘lga kiritadi:

  • A+ va A darajali sertifikat – mutaxassislik fanidan maksimal ball
  • B+, B, C+ va C darajali sertifikat – mutaxassislik fanidan proporsional ball

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar