Qisqacha mazmun:
Endilikda bog'chalar rahbar va pedagoglari ham moddiy rag'batlantiriladi Prezidentning 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-152-son Farmoniga ko‘ra, 2025-yildan boshlab maktabgacha ta’lim tizimida bir qator yangi o‘zgarishlar va moddiy rag‘batlantirish choralari joriy etiladi.
Ushbu farmon maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
2025-yil 1-yanvardan: Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori o'rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Endilikda bog'chalar rahbar va pedagoglari ham moddiy rag'batlantiriladi
Prezidentning 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-152-son Farmoniga ko‘ra, 2025-yildan boshlab maktabgacha ta’lim tizimida bir qator yangi o‘zgarishlar va moddiy rag‘batlantirish choralari joriy etiladi. Ushbu farmon maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
2025-yil 1-yanvardan:
- Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori o'rinbosari lavozimi joriy etiladi.
- Respublikaning barcha tuman va shaharlarida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
- Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
- Trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o'rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo'shimcha ustama haq to'lanadi.
2025-yil 1-martdan:
- Mobil malaka oshirish xizmatlari tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun joriy etiladi.
Rahbar va pedagoglar uchun rag'batlantirish:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamg'armasi hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini rag'batlantirishga ruxsat etiladi. Bu maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan.
Inklyuziv ta’lim:
2025-yil 1-yanvardan har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi. Bu bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qadamdir.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.
















