2025-yil uchun pedagoglar ustama kvotalari tasdiqlandi

2025-yilda maktab o’qituvchilari uchun 1500 ta ustama kvotasi ajratildi. Pedagoglar uchun belgilangan miqdorlar, yo’nalishlar va saralash tartibi bilan tanishing.

17
2025-yil uchun pedagoglar ustama kvotalari tasdiqlandi

2025-yilda pedagoglar uchun ustama kvotalari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 20-dekabrdagi 408-sonli buyrug‘iga asosan, 2025-yil uchun malakali pedagog kadrlar uchun har oylik ustama to‘lanadigan kvotalar tasdiqlandi. Bu qaror respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan.

Umumiy kvotalar taqsimoti

Respublika bo‘yicha jami 1 500 nafar pedagogga ustama to‘lanishi belgilangan bo‘lib, shundan 1 400 nafari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, 100 nafari esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Pedagoglar o'z malakasini oshirishda pedagog attestatsiya jarayonlariga alohida e'tibor qaratishlari lozim.

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kvotalar

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun kvotalar quyidagicha taqsimlandi:

  • Boshlang‘ich ta’lim pedagoglari – 314 nafar;
  • Aniq va tabiiy fanlar pedagoglari – 318 nafar;
  • Xorijiy tillar pedagoglari – 230 nafar;
  • Ijtimoiy va filologiya fanlar pedagoglari – 318 nafar;
  • Amaliy fanlar pedagoglari – 220 nafar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun esa 100 nafar kvota ajratilgan bo‘lib, ular aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar hamda ijtimoiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lingan. O‘qituvchilar dars jarayonlarida maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

Moliyaviy rag‘bat va tanlov tartibi

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama olish huquqiga ega bo‘ladilar. Nomzodlarni saralash jarayoni maxsus reglament asosida amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumotlarni ushbu manba orqali olishingiz mumkin.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar