Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilgi davlat oliy ta’lim muassasalari daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trillion so‘m, xarajatlar esa 12,3 trillion so‘mni tashkil qildi.
Daromad bo‘yicha yetakchilar:
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 909 mlrd so‘m;
- O‘zbekiston Milliy universiteti — 650 mlrd so‘m;
- Qoraqalpoq davlat universiteti — 571,2 mlrd so‘m.
Sof foyda bo‘yicha yetakchilar:
- Qoraqalpoq davlat universiteti — 77,7 mlrd so‘m;
- Qarshi davlat texnika universiteti — 57,8 mlrd so‘m;
- Andijon davlat texnika instituti — 33,8 mlrd so‘m.
Eng katta zarar ko‘rgan OTMlar:
- Navoiy davlat pedagogika instituti — 93,8 mlrd so‘m;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 73,7 mlrd so‘m.












Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.