2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va fanlar majmuasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (yoki kasbiy ijodiy imtihon) fanlar majmuasi rasman e’lon qilindi.
Abituriyentlar o'z tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishlari hamda DTM standartidagi test tizimi orqali tayyorgarlik ko'rishlari tavsiya etiladi.
Muhim ma’lumotlar va o‘zgarishlar
- Yo‘nalish kodi: Har bir ta’lim yo‘nalishiga alohida kod biriktirilgan.
- Fanlar majmuasi: Tanlangan yo‘nalishga qarab asosiy fanlar va ijodiy imtihonlar belgilangan.
- Yangi standart: Tizim yangi o‘quv yili talablariga moslashtirilgan.
Namuna yo‘nalishlar va fanlar majmuasi
| Yo‘nalish nomi | Birinchi fan | Ikkinchi fan |
|---|---|---|
| Pedagogika | Tarix | Ona tili va adabiyoti |
| Maktabgacha ta’lim | Biologiya | Ona tili va adabiyoti |
| Boshlang‘ich ta’lim | Ona tili va adabiyoti | Matematika |
| O‘zbek tili va adabiyoti | O‘zbek tili va adabiyoti | Chet tili |
| Tarix | Tarix | Geografiya |
| Fizika | Fizika | Matematika |
| Jurnalistika | Kasbiy ijodiy imtihon | Chet tili |
Faylni to‘lig‘ini yuklab olish
Yangi imkoniyatlar
Ushbu fanlar majmuasi abituriyentlar uchun imtihon jarayonini yanada shaffof va tushunarli qiladi. Kasbiy va ijodiy yo‘nalishlarda maxsus tayyorgarlik talab etiladi.
To‘liq ma’lumot bilan rasmiy veb-sayt orqali tanishishingiz mumkin. Sizda savollar bormi? Fikringizni yozib qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.