14-iyul test sinovi natijalari e'lon qilindi
2024-yil 14-iyul kuni oliy va professional ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun o'tkazilgan test sinovlarining birinchi kun natijalari e'lon qilindi. Endilikda abituriyentlar o'z ballarini onlayn tarzda tekshirishlari mumkin.
Test natijalarini bilishning 3 ta usuli
Abituriyentlar o'z natijalarini quyidagi usullar orqali bilib olishlari mumkin:
- my.uzbmb.uz sayti orqali: "Natijani olish" bo'limiga pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (PINFL) kiritish orqali.
- mandat.uzbmb.uz sayti orqali: Abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqam yordamida.
- Telegram botlar orqali: Bilimni baholash agentligining rasmiy botlariga ID raqamni yuborish orqali:
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda abituriyentlar uchun mo'ljallangan foydali manbalarimiz bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Telegram botlar ro'yxati:
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.