Talabalar turar joyi: Kimlarga imtiyoz beriladi? (Ro’yxat)

Vazirlar Mahkamasining 376-sonli qaroriga binoan talabalar turar joyiga ustuvorlik asosida qabul qilinadigan talabalar toifalari bilan tanishing.

6
Talabalar turar joyi: Kimlarga imtiyoz beriladi? (Ro’yxat)

Talabalar turar joyiga ustuvorlik asosida qabul qilinadigan talabalar

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023-yildagi 376-sonli qaroriga muvofiq, talabalarni yotoqxona bilan ta'minlashda ustuvorlik huquqiga ega bo'lgan toifalar ro'yxati tasdiqlandi. Agar siz talabalar uchun foydali ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz, ushbu ma'lumotlar siz uchun muhim.

Imtiyozga ega talabalar toifalari:

  • "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan talabalar;
  • "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi bo'lgan talabalar;
  • Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta'lim shaklida ikki yoki undan ortiq to'lov-shartnoma asosida o'qiyotgan oilalar farzandlari;
  • Xalqaro fan olimpiadalari, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar;
  • "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko'rik-tanlovlarining respublika bosqichi g'olibi bo'lgan talabalar;
  • Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinining respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar;
  • Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo'lgan talabalar.

O'z kelajagingiz va oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlarni doimiy kuzatib borish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar