Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagoglari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e'lon qilindi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, tanlovning uchinchi bosqichida nomzodlarning ma'naviy-ma'rifiy faoliyati samaradorligi hamda kitobxonlik darajasi baholanadi.
Shu munosabat bilan ishtirokchilarga quyidagi ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlarni o‘qish tavsiya etilgan.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
- "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi"
- "O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni"
- "O‘zbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonuni"
- "Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari" — Shavkat Mirziyoyev
- "Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston" — Shavkat Mirziyoyev
- "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi" — Shavkat Mirziyoyev
- "Sohibqiron" — Abdulla Oripov
- "Turkiy guliston yoxud axloq" — Abdulla Avloniy
- "O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" — Abdulla Qodiriy
- "Navoiy" — Oybek
- "Kecha va kunduz" — Cho‘lpon
- "Ikki eshik orasi" — O‘tkir Hoshimov
- "Ufq" — Said Ahmad
- "Asrga tatigulik kun" — Chingiz Aytmatov
- "Martin Iden" — Jek London
- "Qo‘rqma" — Javlon Jovliyev
- "Otamdan qolgan dalalar" — Tog‘ay Murod
- "Yulduzli tunlar" — Pirimqul Qodirov
- "Ulug‘bek xazinasi" — Odil Yoqubov
- "Alkimyogar" — Paulo Koelyo
Uchinchi bosqichda nimalar baholanadi?
Tanlov nizomiga ko‘ra, uchinchi bosqich davomida ishtirokchilarning:
- ma'naviy-ma'rifiy faoliyati samaradorligi;
- kitobxonlik darajasi;
- tavsiya etilgan adabiyotlar bo‘yicha bilim va dunyoqarashi baholanadi.
InfoEdu.uz kuzatuviga ko‘ra, tavsiya etilgan ro‘yxatdan huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur asarlari ham o‘rin olgan.















