Yet Another Conference: Ta'lim kelajagini birgalikda o'rganamiz
Ta'lim tizimi jadal rivojlanmoqda. Sizni texnologiyalarning ta'limdagi o'rni va kelajakdagi o'zgarishlar muhokama qilinadigan Yandex Yet Another Conference tadbiriga taklif qilamiz.
Konferensiya haqida nimalarni bilish kerak?
Ushbu onlayn konferensiyada turli yoshdagi insonlarning ta'lim yo'nalishini tanlashi, o'qishga bo'lgan yondashuvi va bu jarayonlarning kelajagimizga ta'siri tahlil qilinadi. Tajribali ma'ruzachilar yangi o'qitish metodikalari va o'zlarining shaxsiy tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.
Agar siz ta'lim sohasidagi yangi tendensiyalarni kuzatib borayotgan bo'lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish yoki talabalar uchun foydali resurslarni o'rganish sizga maqsadlaringizga erishishda yordam beradi.
Spikerlar tarkibi:
- ANDREY VOLKOV – SKOLKOVO Moskva menejment maktabi direktori;
- MISHA YANOVICH – Yandex.Practicum rahbari;
- ALEKSANDRA SKRIPCHENKO – Oliy iqtisodiyot maktabi matematika fakulteti dekani;
Qachon? 10.11.2021. Konferensiyada qatnashish uchun shu yerda ro‘yxatdan o‘ting.
Siz ta'limdagi bunday o'zgarishlarga qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlar qismida qoldiring.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.