Xotin-qizlar uchun foizsiz ta’lim krediti: Rasmiy tartib
Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun foizsiz (0%) ta’lim krediti tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu imkoniyat talabalar va o‘quvchilar uchun o‘qish xarajatlarini qoplashda katta yordam beradi.
Kimlarga beriladi?
Ushbu kredit quyidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlarga taqdim etiladi:
- O‘zbekistondagi barcha davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning filiallari talabalariga;
- O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari (texnikum, kasb-hunar kollejlari) o‘quvchilariga.
Ta’lim kreditining shartlari
Kredit barcha kurs talabalariga, ta’lim shaklidan qat’i nazar (kunduzgi, sirtqi, kechki) beriladi. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish foydali bo‘ladi.
Kredit berilmaydigan holatlar
Quyidagi ta’lim shakllarida o‘qiydiganlarga foizsiz kredit taqdim etilmaydi:
- Super-kontrakt;
- Qo‘shma ta’lim dasturlari;
- Masofaviy ta’lim;
- Ikkinchi mutaxassislik;
- Klinik ordinatura;
- Xorijdagi oliy ta’lim muassasalari.
Kreditni qaytarish tartibi
Ta’lim kreditining asosiy qismi talaba rasmiy o‘qish muddatini tugatgandan so‘ng, olti oylik imtiyozli davrdan keyin 7 yil davomida qaytariladi. Misol uchun, 7 mln so‘m kredit olinsa, o‘qishni bitirgandan 6 oy o‘tib, 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.
Muhim: Ushbu kreditni olish uchun oilaviy sharoit yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan bo‘lish talab etilmaydi. Kredit barcha xotin-qizlar uchun ochiqdir.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.