Qisqacha mazmun:
Ushbu grantga hujjat topshirish sanalari quyidagicha: 2023-yil oktyabrda boshlanadigan o'qish uchun – 2021-yilning 1-avgustigacha; 2024-yilning mart oyida boshlanadigan o'qish uchun – 2024-yilning 15-yavarigacha.
Kamida IELTS 6.0 ball yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega bo'lishi kerak.
Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi 2023-yil oktyabrda yoxud 2024-yil martda boshlanadigan, ingliz tilida o'qitiladigan bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshiriladi.
Polshaning Varshava shahrida joylashgan Vistula universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida o'qishni xohlovchi xorijlik talabalarga Vistula University Merit Scholarship dasturini taklif etmoqda. Ushbu grant 2023-yilning oktyabr oyidan yoki 2024-yilning mart oyidan boshlanadigan o'qish uchun jami 70 nafar talabaga beriladi.
Ushbu grantga hujjat topshirish sanalari quyidagicha:
- 2023-yil oktyabrda boshlanadigan o'qish uchun – 2021-yilning 1-avgustigacha;
- 2024-yilning mart oyida boshlanadigan o'qish uchun – 2024-yilning 15-yavarigacha.
Grant Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavonzlik maktabida (Vistula School of Hospitality) to'liq asosda (full-time) ingliz tilida o'qitiladigan bakalavriat yoki magistratura kurslarida tahsil olishni hamda ushbu oliygohlarning elchilari (ambassador) sifatida faoliyat yuritishni istagan iqtidorli yoshlarga taqdim etiladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma’lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo'lga kiritganlar o'qish pulidan (tuition fee) to'liq ozod qilinadi. Dastlab grant 1 yilga beriladi va talabaning aʼlo o'zlashtirishi hamda qo'shimcha mashg'ulotlardagi faolligiga qarab keyingi yillarga uzaytiriladi (yoki to'xtatiladi).
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak:
- Polsha fuqarosi bo'lmasligi kerak.
- Aʼlo akademik ko'rsatkichlarga ega (GPA 100 lik tizimda kamida 90%) va o'qishdan tashqari mashg'ulotlarning faol ishtirokchisi bo'lish kerak.
- Kamida IELTS 6.0 ball yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega bo'lishi kerak.
- Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi ingliz tilida o'qitiladigan bakalavrlik yoki magistrlik kurslaridan istalgan biriga qabul qilinishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu grantga hujjat onlayn shaklda quyidagi sanalargacha qabul qiliinadi:
- 2023-yil oktyabrda boshlanadigan o'qish uchun – 2023-yilning 1-avgustigacha;
- 2024-yilning mart oyida boshlanadigan o'qish uchun – 2024-yilning 15-yavarigacha.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Vistula University Merit Scholarship dasturiga onlayn tarzda BU YERDA ariza beriladi (2023-2024 o‘quv yili uchun). Grant uchun motivatsiya xati ham yoziladi.
- Ro'yxatdan o'tish badali to'lanadi (120 yevro).
- Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavozlik maktabidagi 2023-yil oktyabrda yoxud 2024-yil martda boshlanadigan, ingliz tilida o'qitiladigan bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshiriladi.
- O'zingiz va yutuqlaringizni taʼriflovchi qisqa video tayyorlab, uni yuklaysiz.
- Vistula Merit Scholarship qoidalariga rozlik beriladi.
Bakalavriat yoki magistratura kurslariga qanday hujjat topshirish mumkinligi haqida BU YERDAN maʼlumot olishingiz mumkin.
MUHIM: Dasturga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Email: vms@vistula.edu.pl
Telefon: +48 510 858 087 yoki +48 798 066 870.
manba: grantlar.uz
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.























Javoblar (0 )