UzbekVoice.ai va IT Parkdan yangi imkoniyat: Ovoz yozish konkursi
Abituriyentlar va talabalar uchun foydali maʼlumot: O‘zbek tilidagi nutq texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shish orqali qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling.
Nima uchun bu muhim?
Hozirgi kunda dasturchilar, tadqiqotchilar va startaplar uchun ochiq hamda bepul o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlar bazasi yetishmasligi dolzarb muammo hisoblanadi. Ovozni ilg‘ash tizimi moliya, transport, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Talabalar uchun bu loyihada qatnashish nafaqat tajriba, balki texnologik rivojlanishga qo‘shilgan katta hissadir.
Konkurs shartlari va sovg‘alar
UzbekVoice.ai, TTS Uzbekistan, UNDP va IT Park hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur loyiha Mozilla Common Voice platformasini ommalashtirishga qaratilgan. Abituriyentlar va barcha qiziquvchilar ovoz yozish hamda tekshirish jarayonlarida faol ishtirok etishlari mumkin.
Eng faol ishtirokchilar uchun sovg‘alar:
- Smartphone Xiaomi Redmi 9A
- Smart Watch HW56
- Power Bank
- Hard Drive
Konkurs 10-dekabrga qadar davom etadi. Loyihada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Taʼlim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.