OSCE Akademiyasidan bepul trening: Tinchlik va Ziddiyatlar

OSCE Akademiyasining Qirg‘izistondagi 5 kunlik to‘liq moliyalashtiriladigan treningiga ariza topshiring. Barcha xarajatlar qoplanadi!

3
OSCE Akademiyasidan bepul trening: Tinchlik va Ziddiyatlar

OSCE Akademiyasi tomonidan bepul trening: Tinchlik va Ziddiyatlar

Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Mo‘g‘ulistonlik mutaxassislar uchun Qirg‘izistondagi OSCE Akademiyasi tomonidan tashkil etilayotgan “Tinchlik va Ziddiyatlar” mavzusidagi 5 kunlik intensiv treningga qabul boshlandi.

Ushbu trening ishtirokchilarga qarama-qarshiliklarni boshqarish va ularni hal etishning zamonaviy usullarini o‘rgatadi. Dastur to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Treningning afzalliklari

Ishtirokchilarning barcha xarajatlari, jumladan, safar, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

  • Markaziy Osiyo (O‘zbekiston ham kiradi), Afg‘oniston va Mo‘g‘ulistondan fuqarolik jamiyati, NNT va davlat tashkilotlari xodimlari;
  • Tadqiqotchilar, faollar va ekspertlar;
  • Ijtimoiy fanlar bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lganlar;
  • Treningning 5 kunlik intensiv dasturida to‘liq qatnasha oladigan nomzodlar.

O‘quv jarayonlari va talabalar uchun foydali ma’lumotlarni kuzatib borish muhim. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanishib chiqish orqali akademik rivojlanishingizni rejalashtirishingiz mumkin.

Qanday murojaat qilish kerak?

Hujjatlarni yagona PDF formatida [email protected] manziliga “Training in Peace and Conflict” mavzusi bilan yuboring:

  • CV (ingliz tilida, 2 sahifadan ko‘p bo‘lmagan);
  • Qiziqish xati (ingliz tilida, 600 so‘zdan oshmasligi kerak, fuqarolik ko‘rsatilishi shart);
  • Ziddiyatli vaziyatni hal qilish bo‘yicha 2 daqiqalik video murojaat.

Oxirgi muddat: 25.03.2022. G‘oliblar mart oyi oxirida e’lon qilinadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar