O'zbekistondagi xususiy tibbiyot oliygohlari kontrakt miqdorlari
Tibbiyot sohasida tahsil olishni maqsad qilgan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun oliy ta'lim muassasalaridagi to'lov-kontrakt narxlari eng muhim ma'lumotlardan biridir. Quyida 2023/2024 o'quv yili uchun xususiy universitetlar tomonidan belgilangan narxlar bilan tanishishingiz mumkin.
Shuni yodda tutingki, o'qishga topshirishdan avval oliygohlar kirish ballari va qabul shartlarini diqqat bilan o'rganish lozim.
Tibbiyot universitetlari va institutlari narxlari:
- Akfa universiteti (Toshkent): 58 000 000 so‘m
- Yevropa tibbiyot universiteti (Toshkent): 36 000 000 – 45 000 000 so‘m
- Impuls tibbiyot instituti (Namangan): 33 000 000 so‘m
- Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti (Farg‘ona): 30 360 000 so‘m
- Buxoro innovatsion tibbiyot instituti (Buxoro): 30 360 000 so‘m
- Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent): 29 900 000 so‘m
- Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti (Toshkent): 26 000 000 – 29 000 000 so‘m
- Turon Zarmed universiteti (Buxoro): 27 000 000 so‘m
- Osiyo xalqaro universiteti (Buxoro): 26 000 000 so‘m
- Alfraganus universiteti (Toshkent): 24 000 000 – 25 000 000 so‘m
- Valley innovatsion universiteti (Farg‘ona): 24 000 000 so‘m
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo'lib, tibbiyot yo'nalishidagi barcha talaba va abituriyentlar uchun yo'nalish tanlashda asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Narxlar o'quv yili davomida o'zgarishi mumkin, shuning uchun oliygohning qabul komissiyasi bilan bog'lanish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.