Ta’lim uchun to‘lovga soliq imtiyozi: Kimlar foydalana oladi?
O‘zbekistonda kontrakt asosida ta’lim olayotganlar uchun davlat tomonidan muhim soliq imtiyozlari joriy etilgan. Bu imtiyoz ta’lim xarajatlarini kamaytirishga va aholining bilim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Soliq imtiyozidan quyidagi shaxslar uchun to‘langan kontrakt pullari uchun foydalanish mumkin:
- O‘zingiz uchun
- Farzandlaringiz uchun
- 26 yoshgacha bo‘lgan turmush o‘rtog‘ingiz uchun
Ish haqi hisobidan to‘lovni amalga oshirish
Agar siz kontrakt to‘lovini ish joyingizdagi ish haqidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv yurtiga o‘tkazsangiz, bu daromad qismiga soliq hisoblanmaydi. Bu usul ish beruvchi orqali to‘lovni amalga oshirishni afzal ko‘radiganlar uchun eng qulay variant hisoblanadi. O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni unutmang.
Soliqni qaytarib olish tartibi
Agar kontrakt summasini mustaqil ravishda (elektron, naqd yoki naqdsiz shaklda) to‘lagan bo‘lsangiz, yil yakunida soliq organlariga deklaratsiya topshirish orqali ilgari to‘langan daromad solig‘ini qaytarib olishingiz mumkin. Bu jarayon talabalar uchun moliyaviy yengillik yaratadi.
Ushbu imtiyozlar ta’lim olish jarayonini moliyaviy jihatdan qulaylashtiradi. Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.