Talabalar uchun stipendiya haqida ma’lumotni onlayn olish

Talabalar endilikda my.gov.uz yoki HEMIS tizimi orqali o’zlariga hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda tekshirishlari mumkin.

6
Talabalar uchun stipendiya haqida ma’lumotni onlayn olish

Talabalar stipendiyasini qanday tekshirish mumkin?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar uchun qulaylik yaratildi. Endilikda har bir talaba o'ziga hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotlarni elektron portallar orqali mustaqil kuzatib borishi mumkin.

Stipendiya ma'lumotlarini olish tartibi

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi usullardan birini tanlashingiz kifoya:

  • my.gov.uz portali: "Ta’lim" bo‘limidan "Stipendiya haqida ma’lumot" xizmatini tanlab, kerakli davrni ko‘rsatish orqali ma'lumot olishingiz mumkin.
  • HEMIS axborot tizimi: Talabalar o'zlarining shaxsiy kabinetlari orqali stipendiya hisobotlarini ko'rish imkoniga ega.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun ma’lumotlar tizimda mavjud emas. Stipendiya bo‘yicha ma'lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimidan avtomatik shakllanadi.

Foydali havolalar

Talabalar uchun eng so'nggi yangiliklar va barcha maqolalar bilan saytimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar