Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olish imkoniyati bormi?
Abituriyentlar va ularning ota-onalari orasida eng ko‘p beriladigan savollardan biri: «Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?». Ushbu maqolada qonunchilikdagi holat va banklarning pozitsiyasini tahlil qilamiz.
Qonunchilik nima deydi?
Ta’lim krediti ajratish tartibi belgilangan davrda «super-kontrakt» tushunchasi mavjud bo‘lmagan. Shu sababli, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda bu masala bo‘yicha aniq ko‘rsatma mavjud emas.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga ko‘ra, ta’lim kreditlari faqat OTMlarning kunduzgi bo‘limlariga belgilangan tartibda qabul qilingan talabalar uchun beriladi.
Nega banklar super-kontraktga kredit bermaydi?
- Yuridik asos: Qo‘shimcha kontraktda to‘lov 100% amalga oshirilgachgina abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Kredit esa allaqachon talaba bo‘lgan shaxslarga beriladi.
- Iqtisodiy omillar: Ta’lim krediti qayta moliyalash stavkasi (yillik 14%) asosida beriladi. Banklar uchun yirik miqdordagi mablag‘ni past foizda uzoq muddatga ajratish moliyaviy jihatdan manfaatli emas.
Shu sababli, amaliyotda super-kontrakt uchun banklardan kredit olish deyarli imkonsiz. Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma’lumotlarni abituriyentlar uchun bo‘limimizdan topishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar uchun ajratilgan yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya etamiz.
Manba: Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev. Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.