Qizil maktabda ishlamoqchi bo’lgan pedagoglar 25-iyulgacha ariza topshirishi kerak

Ta’lim sifati past 303 ta maktabga borib ishlagan pedagoglarga 50-100 foizgacha ustama to’lanadi. Boshqa hududdan kelgan o’qituvchilarga uy-joy va bir martalik yordam ko’rsatiladi.

Qizil maktabda ishlamoqchi bo’lgan pedagoglar 25-iyulgacha ariza topshirishi kerak

Respublikamizda ta'lim sifati past deb e'tirof etilgan va xalq orasida "qizil maktablar" deb nom olgan 303 ta maktab mavjud. Mazkur maktablarga borib ishlash istagini bildirgan pedagoglar 25-iyulga qadar tegishli maktab direktoriga bevosita murojaat qilishi lozim. Avvalroq ta'lim sifati past maktablarda ishlash uchun 100 foiz ustama to'lanishi haqida xabar berilgandi.

Pedagoglarga qanday imtiyozlar beriladi?

Qizil maktabga ishga borgan o'qituvchiga qo'shimcha ustamalar quyidagicha:

  • Bir viloyat ichida boshqa tumanga borganda — bazaviy stavkaga 50 foiz ustama;
  • Boshqa viloyatga borganda — bazaviy stavkaga 100 foiz ustama.

Bundan tashqari:

  • 2 yilgacha muddatga xizmat uy-joyi yoki oylik ijara kompensatsiyasi (BHMning 2 baravari miqdorida);
  • Olis hududlarga borgan pedagoglarga BHMning 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang'ich yordam puli;
  • Direktor jamg'armasidan olayotgan ustamalar bir o'quv yili davomida saqlanib qoladi;
  • Maktab "qizil" ro'yxatdan chiqqandan keyin ham maxsus ustamalar yana bir yil to'lanadi.

Pedagogdan qanday talablar qo'yiladi?

  • Fan yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot;
  • Birinchi yoki oliy malaka toifasi;
  • Boshqa hududda kamida bir yillik pedagogik staj;
  • Amaldagi ish joyi "qizil maktablar" ro'yxatida bo'lmasligi kerak.

Ariza topshirish tartibi

Pedagoglar 15-maydan 25-iyulga qadar o'zlari tanlagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Mutaxassisligi va fani ko'rsatilgan ariza;
  • Yashash manzili va telefon raqami ko'rsatilgan obyektivka;
  • Malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.

Elektron platforma (pedagog.uzedu.uz) orqali ham ariza funksiyasi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan, ammo hozircha platforma orqali ariza qabul qilinmaydi — bevosita direktor bilan bog'lanish talab etiladi. Saralashdan o'tgan pedagoglar 25-avgustga qadar ishga qabul qilinadi.

Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori hamda Prezidentning 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori bilan belgilangan. Ta'lim sohasidagi eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.

Bir viloyat ichida boshqa tumanga borganda bazaviy stavkaga 50 foiz, boshqa viloyatga borganda esa 100 foiz qo'shimcha ustama to'lanadi.
15-maydan 25-iyulga qadar pedagoglar tanlagan maktab direktoriga bevosita murojaat qilib, ariza topshirishi lozim.
Oliy ma'lumot, birinchi yoki oliy malaka toifasi, kamida bir yillik pedagogik staj va amaldagi ish joyi qizil maktablar ro'yxatida bo'lmasligi talab etiladi.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar