O‘qishni ko‘chirishda rad javobi qachon beriladi? (To‘liq qo‘llanma)

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashda rad javobi berilishining barcha sabablari va tartib-qoidalari bilan tanishing. Talabalar uchun muhim ma’lumotlar.

2
O‘qishni ko‘chirishda rad javobi qachon beriladi? (To‘liq qo‘llanma)

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashda rad javobi berilishi sabablari

Talabalar va abituriyentlar uchun o‘qishni ko‘chirish jarayoni ma’lum qoidalarga asoslanadi. Har doim ham ariza ijobiy hal etilmasligi mumkin. Quyida o‘qishni ko‘chirish rad etilishining aniq holatlari keltirilgan.

Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab test yoki ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydigan holatlar

  • Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan OTMlarida o‘qiganlar;
  • Respublika OTMlaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga shaklda o‘qiganlar;
  • Oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari va o‘quv-maslahat punktlarida o‘qiganlar;
  • Birinchi kursning birinchi semestri tugallanmagan holatda;
  • Tanlangan yo‘nalishda mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi yoki shakli mavjud bo‘lmasa;
  • Namunaviy o‘quv rejalaridagi fanlar farqi 4 tadan oshganda;
  • To‘lov-kontrakt shartnomasi belgilangan muddatda amalga oshirilmaganda;
  • Akademik ma’lumotnoma belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
  • Davlat granti asosida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda;
  • Oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
  • Maqsadli qabul qilinganlar boshqa yo‘nalishga yoki OTMga o‘tishga uringanda;
  • Kechki, sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim shakllari o‘rtasidagi taqiqlangan o‘tishlar;
  • Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotganlar (qo‘shma dasturning o‘zi bundan mustasno).

O‘qishni ko‘chirish platformalari

O‘qishni ko‘chirish jarayoni quyidagi platformalar orqali amalga oshiriladi:

  1. transfer.edu.uz – bir davlat OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun;
  2. my.uzbmb.uz – xorijiy yoki nodavlat OTMdan davlat OTMga ko‘chirish uchun.

Eslatma: O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar