Qisqacha mazmun:
O‘qishni ko‘chirish tartibi Amaldagi tartib bo‘yicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun: Turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba; Ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talaba.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
O‘qishni ko‘chirish tartibi
Amaldagi tartib bo‘yicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.
Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
- Turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
- Ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talaba.
Bu talabalar imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
- Xorijda o‘qiyotgan talaba;
- Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.
Batafsil ma'lumot uchun oliygoh.uz saytiga tashrif buyuring.























Javoblar (0 )