Sirtqi ta’lim: O’qituvchilar uchun yangi talablar (5 yil staj)

Pedagogika yo’nalishida sirtqi ta’limga kirish tartibi o’zgardi. Endi faqat 5 yillik pedagogik stajga ega o’qituvchilar hujjat topshira oladi. Tafsilotlar bilan tanishing.

4
Sirtqi ta’lim: O’qituvchilar uchun yangi talablar (5 yil staj)

Sirtqi ta'limga kirishda yangi tartib

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul qilishda yangi talablar joriy etildi. Endilikda ushbu yo‘nalishlarga kirish uchun nomzodlardan ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lish talab etiladi.

Ushbu o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida, kirish ballari yo'nalishlar kesimida o‘zgarishlar va qabul qoidalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Stajni tekshirish va ma'lumotlarni kiritish

Nomzodlarning pedagogik ish staji “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali aniqlanadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ma’lumotlarini “erp.maktab.uz” tizimiga o‘z vaqtida kiritishni so‘raydi. Shuningdek, o‘qituvchilar o‘z malakalarini oshirish uchun pedagog attestatsiya jarayonlariga ham e'tibor qaratishlari muhim.

Qaysi yo‘nalishlar uchun staj talab etiladi?

Eslatib o‘tamiz, quyidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’limga kirishda 5 yillik staj talabi majburiy hisoblanadi:

  • Boshlang‘ich ta’lim
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • Musiqa ta’limi
  • Jismoniy madaniyat
  • Texnologik ta’lim

Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar