Ozarbayjon Xazar universitetida 100% lik grant dasturi

Ozarbayjonning nufuzli Xazar universitetida magistratura va doktorantura bosqichlarida bepul o’qish imkonini beruvchi 100% lik grant dasturiga ariza topshiring.

3
Ozarbayjon Xazar universitetida 100% lik grant dasturi

Xazar universiteti: Magistratura va doktorantura uchun grant

Xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Ozarbayjonning Boku shahridagi nufuzli Xazar universiteti magistratura va doktorantura bosqichlari uchun 100% lik grant dasturini e'lon qildi. Bu talabalar uchun o'z bilimlarini xalqaro darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

1991-yilda tashkil etilgan Xazar universiteti 6 ta kampusga ega xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Khazar University Excellence Scholarship grant dasturi xalqaro talabalarning to‘liq o‘quv kursi to‘lovlarini qoplaydi.

See the source image

Grant dasturida ishtirok etish shartlari

Grantga nomzod bo'lish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:

  • Ozarbayjondan boshqa istalgan mamlakat fuqarosi bo‘lish;
  • Magistratura yoki doktorantura dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lish;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlar va yutuqlarni namoyish etish;
  • Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kuchli motivatsiyaga ega bo‘lish.

Qo'shimcha ma'lumotlar va abituriyentlar uchun foydali resurslarni bizning saytimizda topishingiz mumkin.

Ariza topshirish jarayoni

Nomzodlar dastlab universitetga ariza topshirishlari va qabul qilinishlari kerak. Arizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalqaro aloqalar idorasiga [email protected] elektron manzili orqali yuborilishi lozim.

Kerakli hujjatlar (yuklab olish):

Bachelor-Application-2022

Master-Application-2022

PhD-application-2021

Ariza berishning oxirgi muddati: 15-iyun, 18:00 (Boku vaqti bilan).

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar