Ota-onalar farzandlarining ta'lim olishini ta'minlashi shart
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra, farzandlarning ta'lim olishi ota-onalarning konstitutsiyaviy majburiyatidir. Bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 51-moddasida aniq belgilab qo‘yilgan.
Agar farzandingiz uchun zarur bo'lgan maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyati bilan qiziqsangiz, tegishli resurslardan foydalanishingiz mumkin.
Qonuniy javobgarlik va jarimalar
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga binoan, ota-onalar bolalarining maktabga muntazam qatnashishini nazorat qilishi shart. Aks holda quyidagi jarimalar qo'llaniladi:
- 375 000 so‘mdan 1 875 000 so‘mgacha – bolaning maktabga muntazam bormasligi uchun.
- 1 875 000 so‘mdan 3 750 000 so‘mgacha – xuddi shu qonunbuzarlik bir yil ichida takrorlansa.
- 3 750 000 so‘mdan 5 625 000 so‘mgacha – ota-onalar ta'lim olishga to'sqinlik qilgan taqdirda.
- 5 625 000 so‘mdan 9 375 000 so‘mgacha yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq – huquqbuzarlik yana takrorlansa.
Pedagoglarga to‘sqinlik qilishning oqibatlari
Maktab o‘qituvchilarining xizmat vazifasini bajarishiga noqonuniy aralashish ham qat'iy jazolanadi. Pedagog kadrlar attestatsiyasi va ularning ish faoliyatiga to'sqinlik qilganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga yirik miqdorda jarimalar belgilangan.
Manba: Lex.uz va infoedu.uz.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.