One Young World Summit: Tokioda 1 haftalik xalqaro sammit

Tokioda bo‘lib o‘tadigan One Young World Summit 2022 sammitiga arizalar qabul qilinmoqda. Barcha xarajatlari qoplanadigan dastur haqida batafsil ma’lumot.

1
One Young World Summit: Tokioda 1 haftalik xalqaro sammit

One Young World Summit 2022: Tokioda xalqaro imkoniyat

Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli One Young World Summit sammiti uchun arizalar qabuli boshlandi. Dunyoning 190 dan ortiq davlatidan 2000 ga yaqin yosh yetakchilarni birlashtiruvchi ushbu tadbir 15-19-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu sammit talabalar uchun o‘z g‘oyalarini xalqaro miqyosda namoyish etish va tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyatdir. Agar siz ham kelajakda nufuzli oliygohlarda o‘qish yoki xalqaro loyihalarda qatnashishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Ishtirok etish uchun mezonlar

  • Yoshi: 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lish;
  • Magistrantlar, maktab, kollej va universitet talabalari, shuningdek, o‘qituvchilar hamda rahbarlar uchun ochiq;
  • Yorqin yetakchilik qobiliyatini namoyish etish;
  • Innovatsion va ta'sirli g‘oyalarni yaratish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish.

Eslatma: Sammitning asosiy xarajatlari qoplanadi, biroq viza xarajatlari nomzodlar tomonidan qoplanishi zarur.

Hujjat topshirish tartibi

  • Onlayn arizani to‘ldiring;
  • Barcha bo‘limlarga e'tibor bilan yondashing;
  • Tanlov jarayoni raqobatli bo‘lgani uchun hujjatlarni oxirgi muddatni kutmasdan topshirish tavsiya etiladi.

Oxirgi muddat: 25.11.2021

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar