Oliy talimda murojaatlar qanday hal etilmoqda

Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2026-yil yarim yilligida 4 572 ta murojaat kelib tushdi. Eng kop murojaat oqishni kochirish boyicha boldi.

Oliy talimda murojaatlar qanday hal etilmoqda

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 4 ming 572 ta murojaat kelib tushgan. Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kam.

Murojaatlarning 85,4 foizi elektron, 10,2 foizi yozma, 4,4 foizi esa og'zaki shaklda yuborilgan. Bu haqda Oliy ta'lim vazirligi yarim yillik rasmiy hisobotida ma'lum qildi.

Eng ko'p murojaat qilinadigan masalalar

Murojaat mavzusi Soni Ulushi
O'qishni ko'chirish va qayta tiklash 536 11,8%
Ta'lim muassasalari faoliyati 504 11,0%
Diplom masalalari 483 10,6%
Talabalar bilimini baholash 400 8,7%
Xodimlar faoliyatidan norozilik 340 7,4%
Kontrakt to'lovlari 322 7,0%
Qabul jarayonlari 301 6,6%
Moliyaviy masalalar (stipendiya va b.) 185 4,0%
Ish bilan ta'minlash 170 3,7%
Ilmiy faoliyat 114 2,5%
Yotoqxonalar 98 2,1%
Boshqa masalalar 1 119 24,6%

Hisobotga ko'ra, eng ko'p murojaatlar o'qishni ko'chirish bo'yicha bo'lgan. Talabalar uchun o'qishni qayta tiklash bo'yicha onlayn ariza berish jarayonlari hali ham eng dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.

Murojaatlar qanday yakunlandi

Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, murojaatlarning katta qismi amaliy yechim topgan:

Holati Soni Ulushi
Ijobiy hal etilgan 3 680 80,4%
Hududiy idoralarga yuborilgan 459 10,1%
Huquqiy tushuntirish berilgan 210 4,6%
Ko'rib chiqilmoqda 108 2,4%
Vakolatli organlarga yo'naltirilgan 92 2,0%
Qonuniy ko'rmasdan qoldirilgan 23 0,5%

Ayrim yo'nalishlarda murojaatlar kamaygan

Xorijiy davlatlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha murojaatlar 62,8 foizga, texnikumlarga qabul va o'qishni tiklash bo'yicha 38,9 foizga, talabalar safidan chetlatilish bo'yicha 30,2 foizga, stipendiya masalalari bo'yicha 29,1 foizga, respublika ichida ichki ko'chirish bo'yicha esa 27,6 foizga kamaygani qayd etilgan.

Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.

2026-yilning birinchi yarim yilligida vazirlikka jami 4 572 ta murojaat kelib tushdi. Bu otgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kam.
Eng kop murojaat oqishni kochirish va qayta tiklash (11,8%), talim muassasalari faoliyati (11,0%) hamda diplom masalalari (10,6%) boyicha kelib tushgan.
Murojaatlarning katta qismi, ya'ni 3 680 tasi (80,4 foizi) ijobiy hal etilgan. 459 tasi hududiy idoralarga yuborilgan, 210 tasiga tushuntirish berilgan.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar