Ta'lim sohasidagi muammoli savollaringizga qayerdan javob olish mumkin?
Ta'lim tizimida yuzaga kelgan muammoli savollaringiz bo'lsa, tegishli tashkilotlarning "Ishonch telefoni" xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu xizmat aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi.
Murojaatlar har kuni (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) uzluksiz qabul qilinadi. Shuningdek, abituriyentlar uchun kerakli ma'lumotlarni va oliygohlar kirish ballari haqidagi yangiliklarni kuzatib borish muhim.
Murojaat uchun "Ishonch telefoni" raqamlari
Quyidagi raqamlar orqali tegishli muassasalarga bog‘lanishingiz mumkin:
- Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM):
☎️ 1195 (Call-markaz)
☎️ (95) 199-19-14 - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
☎️ 1006 (Call-markaz)
☎️ (71) 230-64-64
Shuningdek, OTMlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-saytlarida ko‘rsatilgan raqamlar orqali murojaat qilib, muammoli savollaringizga javob topishingiz mumkin.
Ushbu faylda davlat oliy ta’lim muassasalari qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari keltirib o‘tilgan:
OTMlar murojaat markazlari.pdf
Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.


Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.