Microsoft Cloud & Data grant dasturi: 150 ta o‘rin
IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! Microsoft va Udacity platformasi hamkorligida 150 nafar nomzod uchun to‘liq moliyalashtirilgan onlayn kurslar e’lon qilindi. Ushbu dastur Microsoft Azure suniy intellekt (AI) yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash va ularni xalqaro sertifikatlashga qaratilgan.
Grant dasturining asosiy maqsadi
Dastur nafaqat texnik ko‘nikmalarni oshirish, balki ayollar hamda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatini taqdim etishni maqsad qilgan. Agar siz abituriyentlar uchun foydali resurslar izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu xalqaro dastur kelajagingiz uchun katta qadam bo‘lishi mumkin.
Dasturning afzalliklari
- To‘liq moliyalashtirish: Kurs uchun barcha to‘lovlar qoplab beriladi.
- Sertifikatlash: Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar $165 qiymatidagi Microsoft sertifikatini bepul qo‘lga kiritadilar.
- Professional rivojlanish: CV/Resumeyingizni boyitish va "nanodegree" dasturida ishtirok etish imkoniyati.
- Sessiyalar: 2 oy davomida ekspertlar bilan jonli muloqot va sessiyalarda qatnashish.
Eslatib o‘tamiz, talabalar uchun ham, yosh mutaxassislar uchun ham bu kabi xalqaro dasturlar ish faoliyatida katta ustunlik beradi.
Nomzodlar uchun talablar
- Microsoft texnologiyalariga qiziqish va boshlang‘ich tushuncha.
- Dunyodagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
- Ayollar va kam sonli millat vakillariga ustunlik beriladi.
Ariza topshirish
Kurslar 26-apreldan 26-iyulga qadar davom etadi. Arizalarni Udacity rasmiy sayti orqali topshirishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot va tez-tez so‘raladigan savollar uchun rasmiy sahifaga o‘ting.
Oxirgi muddat: 18.04.2022-yil.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.