Matematika va fizika fanlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasi va baholash mezonlari tasdiqlangan. Matematika va fizika fanlari abituriyentlar uchun eng ommabop tanlovlardan biri hisoblanadi.
Tayyorgarlik jarayonida DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olish juda muhim.
Matematika va fizika fanlari topshiriladigan yo‘nalishlar ro‘yxati
Quyida ushbu fanlar majmuasiga ega bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari keltirilgan:
- Amaliy koinot texnologiyalari
- Amaliy matematika va informatika
- Astronomiya
- Audio- video texnologiyalari
- Aviasozlik
- Avtomobil servisi
- Avtomobil transporti, yo‘l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi
- Avtomobil yo‘llari va aerodromlar
- Axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti
- Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
- Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)
- Biotibbiyot fizikasi
- Dasturiy injiniring
- Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish
- Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)
- Fizika
- Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
- Geofizika
- Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Kompyuter injiniringi
- Lazer texnologiyalari va optoelektronika
- Matematika
- Mexatronika va robototexnika
- Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
- Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
- Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Sunʼiy intellekt
- Telekommunikatsiya texnologiyalari
- Yorug‘lik texnikasi
Eslatma: Ushbu ro‘yxat rasmiy manbalar asosida tuzilgan bo‘lib, abituriyentlardan hujjat topshirishdan avval tanlangan oliygohning qabul komissiyasi bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.