InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi

Oliy ta’lim muassasalari bilan bog’liq muhim yangilik: Qisqacha mazmun:Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan kiritilgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim sohasida samarasiz xarajatlarni qisqartirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida bir qator lavozimlar o‘zgartirildi.2024-yil 30-sentabrda tasdiqlangan vazirning 288-sonli buyrug‘i bu jarayonga asos bo‘ldi.Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, maktablarda sinflar soniga qarab kutubxonachi shtati bekor qilinadi va […]

2
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Oliy ta'lim muassasalari bilan bog'liq muhim yangilik:

Qisqacha mazmun:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan kiritilgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim sohasida samarasiz xarajatlarni qisqartirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida bir qator lavozimlar o‘zgartirildi.
2024-yil 30-sentabrda tasdiqlangan vazirning 288-sonli buyrug‘i bu jarayonga asos bo‘ldi.
Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, maktablarda sinflar soniga qarab kutubxonachi shtati bekor qilinadi va o‘rniga barcha maktablarda 1 shtat birligi bilan Kutubxona mudiri lavozimi joriy etiladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan kiritilgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim sohasida samarasiz xarajatlarni qisqartirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida bir qator lavozimlar o‘zgartirildi. 2024-yil 30-sentabrda tasdiqlangan vazirning 288-sonli buyrug‘i bu jarayonga asos bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, maktablarda sinflar soniga qarab kutubxonachi shtati bekor qilinadi va o‘rniga barcha maktablarda 1 shtat birligi bilan Kutubxona mudiri lavozimi joriy etiladi.

Psixolog lavozimi esa o‘quvchilar soniga qarab belgilanadi. Agar o‘quvchilar soni 1500 nafargacha bo‘lsa, 1 ta shtat, 1500 nafardan ortiq bo‘lsa, 2 ta shtat ajratiladi.

Bundan tashqari, laborant lavozimi tugatildi. Endi laboratoriya xonasi mavjud bo‘lganda, kimyo yoki fizika o‘qituvchisi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq oladi.



Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar