Kun tartibini gormonlar ritmiga moslashning ahamiyati
Har bir inson o‘z kunini gormonal ritmga moslashtirishi orqali yuqori samaradorlikka erishishi mumkin. Organizmingizdagi biologik soatni to‘g‘ri boshqarish stressni kamaytiradi va aqliy faoliyatni yaxshilaydi. Ayniqsa, talabalar uchun o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlash muvaffaqiyat garovidir.
Gormonlar va kunlik reja
- 06:00 gacha: Baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.
- 06:00 dan keyin: Kortizol darajasi oshib, organizm uyg‘onishga tayyorlanadi.
- Ertalab: 500 ml suv ichish va jismoniy mashqlar stress gormonlarini yuvib tashlaydi.
- 07:00: Melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Bu vaqtdan keyingi uyqu samarasiz hisoblanadi.
- 10:00 – 14:00: Neyrogormonlar cho‘qqiga yetadi. Bu vaqt aqliy faoliyat va DTM standartidagi testlar ustida ishlash uchun eng qulay davr.
- 14:00 – 16:00: 20 daqiqalik uyqu yoshlik va go‘zallik gormonlarini rag‘batlantiradi.
- 17:00 dan boshlab: Kortizol kamayadi. Muhim qarorlar qabul qilishni cheklash va jismoniy zo‘riqishdan saqlanish tavsiya etiladi.
- 21:00 dan boshlab: Melatonin ishlab chiqarila boshlaydi, tana harorati pasayadi va organizm chuqur uyquga tayyorlanadi.
Siz o‘z kun tartibingizni ushbu gormonal jadvalga moslashtira olasizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.