Kontrakt to‘lamagan talabalar imtihonlardan chetlatilishi mumkinmi?
Ko‘plab talabalar va ota-onalar kontrakt to‘lovi kechikishi sababli oraliq yoki yakuniy imtihonlardan chetlatilish xavfi bormi degan savol bilan murojaat qilishadi. Ushbu maqolada talabalarning huquqiy holatini tahlil qilamiz.
Talabani imtihonlardan chetlatish qonuniymi?
Yo‘q, bu qonuniy emas. Kontrakt to‘lovining kechikishi talabani oraliq yoki yakuniy imtihonlarga kiritmaslik uchun asos bo‘la olmaydi. Agar talaba kontrakt to‘lovini amalga oshirmagan bo‘lsa, u talabalikdan chetlatilishi mumkin, biroq imtihonlardan chetlatish, darsga kiritmaslik yoki baholashdan cheklash kabi harakatlar noqonuniy hisoblanadi. Talabalar uchun barcha huquqiy kafolatlar qonunchilikda belgilangan.
Kontrakt to‘lashning belgilangan muddatlari
Oliy ta'lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirishning qat'iy muddatlari mavjud. Oliygohlar tomonidan belgilangan ushbu muddatlarga rioya qilish talab etiladi:
- 25% to‘lov: Birinchi kurslar uchun 15-sentabrgacha, yuqori kurslar uchun 1-oktyabrgacha.
- 50% to‘lov: 1-yanvargacha.
- 75% to‘lov: 1-aprelgacha.
- 100% to‘lov: 1-iyulgacha.
G‘ayriqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymang
Ta'lim muassasasi tomonidan talabani o‘quv jarayonidan asossiz chetlatish, fandan ataylab yiqitish yoki darslarga kiritmaslik holatlari yuz berganda, talabalar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin. Manba: infoedu.uz ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.