Imtihon qachon o‘tkaziladi?

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi. Qisqacha mazmun:Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentyabrda bekor kilinsa, 1-sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.– Abituriyent ayrim sabablarga ko‘ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo‘ladi?Javob: agar o‘zining test kunida karantinda bo‘lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o‘tib bo‘ladigan qo‘shimcha testga kirishi mumkin. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, imtihon o‘tkazish vaqtlari […]

4
Imtihon qachon o‘tkaziladi?
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e'lon qilindi.

Qisqacha mazmun:
Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentyabrda bekor kilinsa, 1-sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.
- Abituriyent ayrim sabablarga ko‘ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo‘ladi?
Javob: agar o‘zining test kunida karantinda bo‘lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o‘tib bo‘ladigan qo‘shimcha testga kirishi mumkin.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, imtihon o‘tkazish vaqtlari vaziyatga qarab surilaveradi. Kerak bo‘lsa, 1-sentyabrdan keyin ham o‘tkazilishi mumkin.

"Imtihonni keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi o‘shanda o‘tkaziladi. Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentyabrda bekor kilinsa, 1-sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.

❌ Imtihonlar o‘tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma’lum qilamiz. Stasionarga aylantirilgan pavilonda imtihon o‘tkazilmaydi.

Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig‘imli inshoot bo‘lishi aniq" - beb ma’lumot berdi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.

Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblar:

- Testga kirishda abituriyentning tana harorati baland bo‘lsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: isitmasi borlar testga qo‘yilmaydi, ular uchun barcha test jarayonlari tugagandan keyin, 4 kun o‘tib, qayta test o‘tkaziladi.


- Agar abituriyentda koronavirus aniqlansa, unda ular nima qiladi?

Javob: agar test kunigacha tegishli tashkilot uning sog‘ayganligi haqida ma’lumot bersa, testga qo‘yiladi. Yo‘qsa, testga kiritilmaydi.

- Abituriyent ayrim sabablarga ko‘ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: agar o‘zining test kunida karantinda bo‘lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o‘tib bo‘ladigan qo‘shimcha testga kirishi mumkin. Agar qo‘shimcha test kunida ham karantinda bo‘lsa, unda testdan qolib ketadi.





Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar