Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob tanlovi: Ijodkorlar uchun imkoniyat
O‘zbekistonda adabiyot va noshirlik sohasini rivojlantirish, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha ijodkorlar hamda nashriyot xodimlarini rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Tanlov tashkilotchilari va ishtirokchilar
Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, AOKA, Oliy ta'lim vazirligi va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan. Unda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi noshirlik yuridik shaxslari hamda rasman nashr etilgan kitob mualliflari ishtirok etishlari mumkin.
Nominatsiyalar va yo‘nalishlar
Tanlov 3 ta yosh toifasi (6 yoshgacha, 7-11 yosh, 12-18 yosh) doirasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob”;
- “Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob”.
Shuningdek, qo‘shimcha nominatsiyalar ham mavjud: “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi tarjima asar”, “Eng yaxshi kitob dizayni”, “Eng yaxshi muharrirlik ishi” va “Eng katta adadga ega kitob”.
Mukofotlar va ishtirok etish tartibi
Asosiy nominatsiyalar g‘oliblari statuetka, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin uchun – 100 million so‘m;
- 2-o‘rin uchun – 75 million so‘m;
- 3-o‘rin uchun – 50 million so‘m.
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyatlari bilan tanishib boring. Shuningdek, barcha maqolalar bo‘limidan foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin.
Tanlov nizomi bilan batafsil shu yerda ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Arizalar 2022-yil 1-yanvarga qadar @engyaxshikitob_bot (telegram) orqali qabul qilinadi.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.