GPA (Grade Point Average) o‘zi nima?
GPA – bu talabalarning o‘quv davridagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini baholovchi o‘rtacha ko‘rsatkichdir. Ko‘plab xalqaro ta’lim tizimlarida 1 dan 4 gacha bo‘lgan shkala qo‘llaniladi va u yakuniy diplom baholarini belgilashda asosiy omilashda asosiy mezon hisoblanadi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, GPA tizimini tushunish sizga kelajakda katta yordam beradi.
GPA nima uchun muhim?
- Akademik baholash: GPA sizning o‘qish jarayonidagi natijalaringizni xolis baholaydi.
- Xorijiy ta’lim: Magistratura yoki bakalavriat bosqichida xorijda o‘qishni davom ettirish uchun yuqori GPA talab etiladi.
- Grantlar va stipendiyalar: Yuqori GPAga ega bo‘lish grant va moliyaviy yordam olish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.
GPA qanday hisoblanadi?
GPA quyidagi formula asosida hisoblanadi:
GPA = (K1×U1 + K2×U2 + ... + Kn×Un) ÷ (K1 + K2 + ... + Kn)
- K – har bir fan yoki modulga ajratilgan kreditlar miqdori.
- U – har bir fan bo‘yicha talaba to‘plagan o‘zlashtirish bahosi.
O‘zingizning akademik ko‘rsatkichlaringizni kuzatib borish talabalar uchun juda muhimdir. Agar hisob-kitob qilishda qiynalsangiz, maxsus GPA hisoblash kalkulyatoridan foydalanishingiz mumkin.
Eslatma: Xorijiy universitetlar qabul jarayonida GPAga katta e’tibor qaratadi. Shuning uchun o‘qish davomida yuqori natijalarni saqlab qolish kelajakdagi muvaffaqiyatingiz garovidir.
Siz bu tizim haqida nimalarni bilasiz? O‘z fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
















