Ta’lim sifati past maktablarda 100% ustama to’lanadi

Ta’lim darajasi yuqori bo’lmagan 545 ta maktabda dars beruvchi o’qituvchilarga 100% gacha ustama to’lanishi belgilandi. Tafsilotlar bilan tanishing.

3
Ta’lim sifati past maktablarda 100% ustama to’lanadi

Ta'lim sifati past maktablarda ishlash uchun 100% ustama

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-o‘quv yili uchun taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu dastur doirasida pedagoglarning malakasini oshirish va hududlardagi ta'lim sifatini yaxshilash maqsad qilingan. Agar siz o'qituvchi bo'lsangiz, pedagog attestatsiya jarayonlari va talablari haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ustamalar qanday to'lanadi?

Ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

  • Ustama shartlari: Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilar uchun 100%.
  • Bir hudud ichida: Bir maʼmuriy birlik doirasida ko‘chib o‘tganlarga 50%.
  • Davomiyligi: Maktab ro‘yxatdan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Ta'lim tizimidagi yangiliklarni kuzatib borish va abituriyentlar uchun foydali resurslar bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

Ta’lim sifati past maktablar buyrug‘i 2024.pdf

Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar