Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudida 2025-yil sentabr oyida Toshkent viloyatining bir necha tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
Oliy sud Axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, sud 11 nafar sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topdi.
Kimlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi?
Reklama
Sud hukmiga ko‘ra, "Shark Milk Product" MCHJ:
- direktori R.O.;
- bosh texnologi A.S.;
- texnologi R.X.
3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Shuningdek:
- ta'sischi va savdo bo‘limi menejeri S.S.;
- ta'sischi va direktor o‘rinbosari F.O.;
- texnolog yordamchisi M.N.
3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Kimlarga ozodlikni cheklash jazosi berildi?
Sud quyidagi shaxslarga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi:
- "Governess Business" MCHJ direktori J.X.;
- "Innavation Outsourcing Servise" MCHJ direktori I.S.;
- "Nishon invest" MCHJ direktori B.R.;
- "Kinder Garden Group" MCHJ direktori F.D.;
- "Shark Milk Product" MCHJ laboranti D.Q..
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 45-moddasi asosida barcha sudlanuvchilarga muayyan huquqlardan mahrum qilish jazosi ham qo‘llanildi.
Ish qanday voqea yuzasidan qo‘zg‘atilgan edi?
Mazkur jinoyat ishi 2025-yil sentabr oyida Toshkent viloyatining:
- Bekobod;
- Bo‘ka;
- Oqqo‘rg‘on;
- Piskent;
- Quyi Chirchiq
tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning ommaviy zaharlanishi holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan edi.
Sud hukmi ustidan shikoyat berish mumkinmi?
Oliy sud Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, birinchi instansiya sudi hukmi ustidan taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish hamda protest keltirish huquqiga ega.











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.