InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Barcha oliygohlar kompleks o‘rganiladi

Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma’lumot: Qisqacha mazmun:Oliy va o’rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i Ulug’bek Toshkenboyev boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublika oliy taʼlim muassasalarining barchasi kompleks o’rganiladi.2022-yil 28-yanvar kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida o’tkazilgan yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari 23 ta mezon […]

2
Barcha oliygohlar kompleks o‘rganiladi
Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma'lumot:

Qisqacha mazmun:
Oliy va o'rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'i Ulug'bek Toshkenboyev boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublika oliy taʼlim muassasalarining barchasi kompleks o'rganiladi.
2022-yil 28-yanvar kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari 23 ta mezon asosida tanqidiy va tahliliy o'rganiladi.
Asosiy eʼtibor oliy taʼlimdagi islohotlar, ilm, fan va ishlab chiqarishdagi integratsiyalar, axborot-resurs markazlari faoliyati, moliyaviy, akademik mustaqillik berilgan taʼlim muassasalariga amaliy ko'mak berish, ilmiy salohiyat, taʼlim jarayonining qay darajada tashkil etilgani, masofaviy taʼlim, kredit-modul tizimi, talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlari joriy etilganligi kabi mezonlarga qaratiladi.

Maqsad oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonini to'g'ri yo'lga qo'yish, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda raqobatbardoshligini oshirish, raqamli texnologiyalarni to'liq joriy etish orqali taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish.

O'rganish jarayonidagi yutuqlar va tajribalar keng ommalashtiriladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar tayyorlanadi.

Barcha o'rganishlar televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib boriladi.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar