Qisqacha mazmun:
❓ Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini tanlab murojaat yuborgan edim.
Belgilangan miqdordagi to'lovlarni ham qilgan edim.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko'rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
❓ Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini tanlab murojaat yuborgan edim. Belgilangan miqdordagi to'lovlarni ham qilgan edim. Attestatsiya turini noto'g'ri tanlagan ekanman. Arizam “navbatdagi-majburiy attestatsiyada topshirishdasiz”- deb rad etildi. To'lagan to‘lovimni qaytarib olsam bo‘ladimi?
✅ Javob: Nizomning 25-bandiga ko‘ra Noto'g'ri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o'tkazish jarayoni to'xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to'langan yig'im qaytarilmaydi.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo'lgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Vakolatli vazirliklarda mavjud bo'lgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo'lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so'rovnoma yuboriladi.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko'rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Attestatsiya turini to'g'ri tanlanmaganligi ham noto'g'ri maʼlumot taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Batafsil ma'lumot uchun oliygoh.uz saytiga tashrif buyuring.























Javoblar (0 )