Muddatli harbiy xizmatni o'tab keldingiz, endi ishlaysiz. Ammo oliy ma'lumot olish orzusi hamon bor. Aynan siz kabi fuqarolar uchun 2026/2027-o'quv yilida qo'shimcha imkoniyat yaratildi — bakalavriatning kechki ta'lim shakliga harbiy qism qo'mondonligining tavsiyanomasiga ega bo'lgan nomzodlar uchun 1 447 ta alohida qabul o'rni ajratildi.
Bu — avvalroq e'lon qilingan kunduzgi ta'limdagi 7 793 ta imtiyozli o'ringa qo'shimcha. Ya'ni endilikda armiyadan tavsiyanoma bilan qaytgan fuqarolar ham kunduzgi, ham kechki ta'lim shaklida imtiyozli kvotadan foydalanishi mumkin. OTMlar kesimidagi to'liq taqsimot bilan Harbiy tavsiyanoma uchun kechki ta'lim kvotasi 2026 (PDF) hujjatida tanishishingiz mumkin. Ta'limga oid barcha yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.