Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar uchun imkoniyat ochildi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiya arizalari qabuli boshlandi — arizalar 15-avgustdan 24-avgustga qadar qabul qilinadi, deya xabar bermoqda Bilimni baholash agentligi.
Ariza qanday topshiriladi?
Apellyatsiya arizasi my.uzbmb.uz saytida shaxsiy kabinet orqali onlayn tarzda beriladi. Qabul 10 kun davom etadi — 15-avgustdan 24-avgustga qadar. Ariza topshirish uchun hech qayerga borish shart emas, hammasi sayt orqali amalga oshiriladi.
Reklama
Kimlar apellyatsiya berishi mumkin?
Apellyatsiya shikoyati berish uchun abituriyent test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Faqat shu shart bajarilgan taqdirdagina murojaat qabul qilinadi.
Keyingi bosqich qanday kechadi?
Ariza berilgach, abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga yoki xabarnomada ko‘rsatilgan joyga kelish kerak. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.
Avvalroq apellyatsiya qanday berilishi haqida batafsil yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.