Andijon viloyatida "Digital Girls" loyihasiga start berildi
Andijon viloyati hokimligi, AKT vazirligi hududiy boshqarmasi va Digital City jamoasi qizlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida "Digital Girls" loyihasini e'lon qildi. Bu loyiha 100 nafar qizga grant asosida zamonaviy kasblarni egallash imkonini beradi.
Loyiha yo'nalishlari va imkoniyatlar
Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan qizlar quyidagi yo'nalishlarda tahsil olishadi:
- SMM asoslari
- Grafik dizayn
- 3D dizayn
- Dasturlash
- BPO (Logistika)
Loyihani yuqori natijalar bilan yakunlagan ishtirokchilar uchun IT sohasida karera boshlash, frilans orqali daromad topish va ijtimoiy startap loyihalarini yaratish imkoniyatlari ochiladi.
Qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Tanlov ikki bosqichdan iborat: so'rovnomani to'ldirish va suhbatdan o'tish. Bu yerdan qabul formasini to'ldiring. Shuningdek, abituriyentlar uchun va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni bizning saytimizdan kuzatib borishingiz mumkin.
Eslatma: Qabul 2022-yil 1-iyunga qadar davom etadi.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.