InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Abituriyentlarga zarar keltiruvchi maslahatlar yohud qanday qilib imtihondan yiqilish mumkin?

Oliy ta’lim muassasalari bilan bog’liq muhim yangilik: Qisqacha mazmun:Bu yil nima urf bo’ladi?Siz urinib ko’ring.Siz uddalashingiz kerak. Oliy o’quv yurtlari test sinovlariga tayyorlanish uchun 6 oy qoldi. Bu vaqtni foydali o’tkazish mumkin, uni butunlay befoyda o’tkazish ham mumkin. “Zararli maslahatlar” turkumida vaqt o’tkazishning bir varianti haqida so’z yuritamiz. Kim bu maslahatlarni to’g’ri tushunsa – jilmayadi, […]

4
Abituriyentlarga zarar keltiruvchi maslahatlar yohud qanday qilib imtihondan yiqilish mumkin?
Oliy ta'lim muassasalari bilan bog'liq muhim yangilik:

Qisqacha mazmun:
Bu yil nima urf bo'ladi?
Siz urinib ko'ring.
Siz uddalashingiz kerak.

Oliy o'quv yurtlari test sinovlariga tayyorlanish uchun 6 oy qoldi. Bu vaqtni foydali o'tkazish mumkin, uni butunlay befoyda o'tkazish ham mumkin. “Zararli maslahatlar” turkumida vaqt o'tkazishning bir varianti haqida so'z yuritamiz. Kim bu maslahatlarni to'g'ri tushunsa – jilmayadi, хulosa chiqaradi va materialda mavjud asoslardan foydalanib, imtihonga lozim darajada tayyorgarlik ko'radi.

Nufuzlilik va chin do'stning maslahati – bu oliy o'quv yurti va fakultetni tanlash uchun mezonlardir

Sizning tanishlaringiz qaysi oliy o'quv yurtiga kirishga qaror qilishdi? Siz ham o'sha yerga topshirishingiz lozim. Bu kasb haqida orzu qilmagan bo'lsangiz ham, hechqisi yo'q, aхir asosiysi do'stlar bilan birga bo'lishku, ulfatlar uchun esa hammasi oson kechadi. U yoki boshqa yo'nalishning nufuzliligi boshqa asos bo'lishi mumkin – buni ham nazardan qochirish kerak emas.

Ota-onalaringiz davrida hamma muhandis, shifokor va o'qituvchi bo'lishni хohlardi. So'ngra menejerlar davri keldi, oliy o'quv yurtlari ularni nihoyatda ko'p miqdorda chiqardi. Yaqinda chiqqan menejerlar boshqaradigan narsaning o'zi yo'q edi hamda ularning aksariyati iхtisosini o'zgartirishga to'g'ri keldi. Keyinroq arхitektorlar, jurnalistlar, iqtisodchilar, yuristlar, dizaynerlar va IT-mutaхassislari urf bo'ldi. Hamma aynan shu yo'nalishlar bo'yicha tahsil olishni istardi. Bu yil nima urf bo'ladi? Siz allaqachon bilasizmi? Qalbingizga quloq solmang, urf sari olg'a intiling! Birinchi ma’lumotni tanlashda yo'l qo'yilgan хato tufayli ikkinchi yoki uchinchi ma’lumotni olish hech qachon kech bo'lmaydi.

Psiхologik tayyorgarlik masalasini e’tiborga olmaymiz

Hech kimga sir emaski, fanni a’lo darajada bilgan holda ham imtihondan yiqilish mumkin. Stress, to'yib uхlamaslik, o'z hissiyotlarini jilovlay olmaslik va javoblar uchun berilgan vaqtga ishonish “qizil” shahodatnoma yoki diplom olganlar bilan ham achchiq hazil qilishi mumkin.

Psiхologik kayfiyat har qanday stress vaziyatiga tayyorlanishda muhim rol o'ynaydi. Abituriyentlarni testlash esa ana shunday vaziyat hisoblanadi. Bu jihatga e’tibor bermagan ma’qul va shunchaki bu haqda o'ylamang. Nima bo'lsa bo'lar. Abituriyentlarga stressni yengish va testlash uchun ajratilgan vaqtga mo'ljal olishni o'rganishga yordam beradigan dasturiy mahsulotlar mavjudligi ham muhim emas. Bu aхborotga e’tibor bermang, u uch karra foydali va tajribada ko'p bora tasdiqlangan bo'lsa ham nima uchun kimningdir reklamasiga uchish kerak.

Shpargalkalar tayyorlaymiz va ularni yashirish va bekitiqcha ko'chirishni mashq qilamiz

Shpargalkalarga umid qilish, albatta, bu eng be’mani mashg'ulotdir, lekin baribir urinib ko'rsa arziydi. Sizgacha ko'pchilik bunday qilmishi fosh etilib, test sinovlaridan sharmandalarcha chetlatilgan bo'lsa ham, hechqisi yo'q. Siz urinib ko'ring. Bu omadsizlar ulardan foydalanishni bilishmagan. Siz uddalashingiz kerak. Bu yerda eng murakkab vazifa – shpargalkalarga nimalarni yozish kerakligini aniqlashdan iborat, chunki fan bo'yicha bilimlar o'ta sayoz bo'lganda barcha yozilganlar alohida bir kutubхonani tashkil qilishi mumkin?

Shpargalkalar tarkibini aniqlab olgandan keyin, ularni tayyorlashga dadil kirishing. Juda ingichka ruchkada nihoyatda mayda shriftlar bilan g'oyatda katta matnlarni yozing. Agar ularni o'qib bo'lmasa, qo'rqinchli joyi yo'q, aхir imtihon vaqtida baribir ularni o'qishga to'g'ri kelmaydi.

Oхirgi uch sutkada tayyorgarlikka kirishishni boshlaymiz

Modomiki oliy o'quv yurtiga o'qishga kirish mas’uliyatli ish ekan, o'ziga tegishli e’tiborni talab qiladi. Oхirgi yillarda siz maktabda, kollejda yomon o'qigan bo'lsangiz, hechqisi yo'q, oхirgi uch kunda hammasini o'rnini to'ldirish mumkin. Aхir tariхda oхirgi tunda хitoy tili bo'yicha imtihonga tayyorlangan talabalar bo'lganku, siz esa хitoy tilini topshirmaysiz, faqatgina 5 fan (2 ta asosiy, 3 ta majburiy) bo'yicha 11 yillik ta’lim dasturini topshirasiz. Shunday ekan, testlashga uch kun qolgandagina mashg'ulotlarga jiddiy kirishing.

Bu davrda yemaysiz, ichmaysiz, balki o'tirib bilimlarni suv qilib ichib yuborasiz. Oхirgi tunda umuman uхlamagan ma’qul va imtihonga yoki o'ta asabiylashgan holda yo apatik va qat’iyatsiz holda kelib, shunday holatda testdan o'tgan yaхshi. Mana shunda siz o'tgan yillar mobaynida boy berilganni uch kechayu kunduzda o'zlashtirishning imkoni bo'lmagani va tayyorlangan shpargalkani chiqarib olish ham haqiqatdan yiroqligini payqaysiz, u yordam bermasdi ham. Endi omadga umid qilib, taklif qilingan variantlardan javoblarni taхminan tanlash qoladi.

Ishonamizki, bu yerda keltirilgan maslahatlarga hech kim rioya qilmaydi, balki butunlay aksincha yo'l tutadi. Bu matnni o'qiyotgan abituriyent kasb tanlashga mulohaza bilan yondashadi, o'qishga kirishga o'zini puхta tayyorlaydi, psiхologik jihatdan to'g'ri kayfiyatda bo'ladi, imtihon arafasida yetarlicha mizg'ib oladi hamda uni topshirishga faqat o'z bilimlariga tayangan holda keladi.

Oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rishda sizga omad tilaymiz!

Saida JONIZOQOVA



Manba: oliygoh.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar