Chet tilidan ijodiy imtihon bekor qilindi: Abituriyentlar uchun muhim yangilik
2024 yilda respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasida (OTM) chet tili fanidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar bekor qilindi. Endilikda ushbu OTMlarda ham xuddi boshqa yo‘nalishlardagi kabi yagona test tizimi joriy etiladi.
Ushbu o‘zgarish abituriyentlarga DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimlarini namoyish etish imkonini beradi. Bu esa imtihon jarayonini shaffoflashtirish va tayyorgarlikni yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi.
Qaysi OTMlarda ijodiy imtihon bekor bo‘ldi?
2024 yildan boshlab pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ijodiy imtihon o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladigan OTMlar ro‘yxati:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Samarqand davlat chet tillar instituti
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
- Toshkent davlat pedagogika universiteti
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti
- Nukus davlat pedagogika instituti
- Andijon davlat chet tillar instituti
- Namangan davlat chet tillar instituti
Abituriyentlar tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlarni oldindan o‘rganib chiqishlari tavsiya etiladi. Bu yangilik sizning imtihonga bo‘lgan tayyorgarligingizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.