Abituriyentlar orasida eng ko'p beriladigan savollardan biri: 56,7 ball to'plagan kontraktga kira oladimi?
Javob: ha, agar kvota doirasida abituriyentning to'plagan natijasi shunga to'g'ri kelsa. Ya'ni 56,7 ball — bu kontrakt asosida o'qishga kirish uchun yetarli. Asosiysi, siz tanlagan yo'nalish va OTM bo'yicha kvotada bo'sh o'rin mavjud bo'lishi kerak.
Ammo muhim bir detal: 56,7 balldan past natija to'plagan abituriyentlar, hatto kvotada bo'sh o'rinlar qolgan taqdirda ham talabalikka qabul qilinmaydi. Chunki 56,7 ball — kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun belgilangan eng minimal o'tish balli hisoblanadi.
Demak, 56,7 ball — bu sizning kontrakt uchun "yashil chiroq"ingiz. Undan past bo'lsa, afsuski, bu yilgi imkoniyat qo'ldan ketgan.
Qabul jarayonidagi barcha muhim yangiliklar va ballar haqidagi ma'lumotlarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.














