Test marafonining so'nggi kuni natijalari ham e'lon qilindi. 23-iyul — o'ninchi va oxirgi kun — davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish test sinovi natijalari rasman chiqdi. 14-iyul kungi natijalardan beri 10 kun davomida har kuni navbatdagi ishtirokchilar o'z ballarini bilishdi.
Abituriyentlar o'z natijalarini 3 xil usulda tekshirishi mumkin:
- my.uzbmb.uz — "Natijani olish" bo'limiga pasport seriyasi, raqami va PINFL kiritiladi;
- mandat.uzbmb.uz — abituriyent ID raqami kiritiladi;
- @bmba_natijabot — Telegram botga ID raqam yuboriladi.
Bu bilan 2026/2027-o'quv yili test sinovlari to'liq yakunlandi. Endi abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustgacha OTM va yo'nalish tanlash bosqichiga o'tadi.
InfoEdu.uz'da mandat natijalari e'lon qilinishi bilan birinchi bo'lib xabar beriladi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring