Navbatdagi test kuni natijalari ham e'lon qilindi. 22-iyul kuni — test sinovlarining to'qqizinchi kunida o'tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari rasman chiqdi. 14-iyul kungi natijalardan beri har kuni navbatdagi kun ishtirokchilari o'z ballarini bilib olishmoqda.
Abituriyentlar o'z natijalarini 3 xil usulda tekshirishi mumkin:
1. my.uzbmb.uz sayti orqali
my.uzbmb.uz saytining "Natijani olish" bo'limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (PINFL) kiritish kifoya.
2. mandat.uzbmb.uz orqali
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamingizni kiritish orqali natijani bilish mumkin.
3. Telegram botlar orqali
Bilim va malakalarni baholash agentligining quyidagi rasmiy Telegram botlariga ID raqamingizni yuboring:
- @bmba_natija_bot
- @bmba_natija_1bot
- @bmba_natija_2bot
Test sinovlari davom etmoqda. InfoEdu.uz'da har kungi natijalar birinchi bo'lib e'lon qilinadi.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.