2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.
Test sinovlari respublika bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlangan binolarda o‘tkaziladi.
Test binosi manzilini qanday aniqlash mumkin?
Reklama
Har bir abituriyent uchun test sinovi o‘tkaziladigan joyning geolokatsiyasi ruxsatnomada QR-kod ko‘rinishida aks ettiriladi.
Test hududiga kirishda barcha abituriyentlar bir necha bosqichli nazorat punktlaridan o‘tadi.
Testga qanday hujjatlar bilan borish kerak?
Abituriyent test sinoviga quyidagi hujjatlardan biri bilan kelishi shart:
- biometrik pasport;
- ID-karta;
- yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
- qog‘ozda chop etilgan abituriyent ruxsatnomasi.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Qaysi buyumlarni olib kirish taqiqlanadi?
Test hududiga quyidagi buyumlarni olib kirish mumkin emas:
- mobil telefon;
- kalkulyator;
- quloqchin;
- qo‘l soati;
- lug‘at;
- shpargalka;
- boshqa taqiqlangan texnik vositalar.
Agar abituriyentda taqiqlangan buyum aniqlansa, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u test sinovidan chetlashtiriladi.
Shaxsni tasdiqlash qanday amalga oshiriladi?
Test binosiga kirishda videofiksatsiya qurilmalari orqali abituriyentning shaxsi tekshiriladi.
Agar videofiksatsiya orqali shaxs tasdiqlanmasa, Ichki ishlar vazirligining shaxsni identifikatsiya qilish qurilmalari orqali qo‘shimcha tekshiruv o‘tkaziladi.
Tekshiruv natijasida shaxsi tasdiqlanmagan abituriyent dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtiriladi.
Test sinovlari qaysi vaqtda boshlanadi?
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:
| Smena | Test boshlanish vaqti | Binoga kirishning oxirgi vaqti |
|---|---|---|
| 1-smena | 08:00 | 07:15 gacha |
| 2-smena | 15:00 | 14:15 gacha |
Belgilangan vaqtdan kech kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.
Test sinovida nechta savol bo‘ladi?
Abituriyentlarga:
- 3 ta majburiy fan;
- 2 ta mutaxassislik fani
bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.
Test topshiriqlarini bajarish va javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test jarayonlari onlayn kuzatiladimi?
Ha. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar statsionar hamda 360 daraja aylanuvchi videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi.
InfoEdu.uz o‘rganishicha, test sinovlari jarayoni test2026.uz sayti orqali ham jonli efirda namoyish etiladi.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.